Senat markazi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga ko‘maklashish faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2023-yil 22-sentabr KQ-573-IV-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni tarkibida Hududiy vakillik organlari faoliyatini o'rganish markazi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni tarkibidagi Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - mahalliy kengashlar faoliyatini zamonaviy talablarga muvofiq tashkil qilishga huquqiy va uslubiy yordam beradi; - faoliyatini tartibga solish maqsadida qabul qilingan qonun hujjatlariga mahalliy Kengashlar tomonidan rioya etilishini monitoring qilib boradi; - mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligiga doir faoliyatini monitoring qilib boradi; - mahalliy kengashlar faoliyatini raqamlashtirishga ko‘maklashadi; - mahalliy kengashlar deputatlarining malaka oshirishini ta’minlaydi, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari bo‘yicha xabardor qilib boradi va ular uchun muntаzаm ravishda o‘quvlar tashkil etadi; - mahalliy kengashlarning xalqaro hamkorligini tashkil etishga ko‘maklashadi; - mahalliy kengashlar vа ularning kotibiyatlari kadrlar salohiyatini oshirishga ko‘maklashadi; - mahalliy Kengashlar faoliyatidagi muаmmоlаrni o‘rganish va ilmiy uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi; - mahalliy Kengashlar faoliyatining samaradorligini baholash uchun statistik ma’lumotlarni o‘rganadi; - mahalliy Kengashlar faoliyatini tashkil etishga axborot-tahliliy ko‘maklashadi.